YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARINING PORLOQ KELAJAGI YO‘LIDA: UNIVERSITETDA “YOSHLAR KUNI” KENG NISHONLANMOQDA



Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy, sport va intellektual yo‘nalishlarni qamrab olgan keng ko‘lamli tadbirlar dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dasturdan turli uchrashuvlar, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘rin olgan bo‘lib, ular talaba-yoshlarning faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xususan, universitet rektori professor X. Yunusov rahbarligida tashkil etilgan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv yoshlar hayoti, ularning muammolari va takliflarini bevosita muhokama qilish uchun muhim platforma vazifasini o‘tdi. Ushbu uchrashuvda talaba-yoshlarning fikr va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

“Yoshlar kuni” doirasida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlar yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib kamol topishida, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.