TALABALAR FIKRI MUHIM: REKTOR IQTISODIYOT FAKULTETI TALABALARI BILAN OCHIQ MULOQOT QILDI



   Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ilgari surilgan tarixiy tashabbuslar va qabul qilingan qarorlar ijrosi doirasida SamDVMCHBUda payshanba - "Yoshlar kuni" munosabati bilan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov Iqtisodiyot fakulteti talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

   Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar tadbirkorligini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.

   Muloqot davomida talabalar bilan ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, amaliyot va bandlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

   Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

   Uchrashuv jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar. Universitet rahbariyati tomonidan barcha savollarga atroflicha javob berilib, ilgari surilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

   Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot yoshlarning fikrini eshitish, ularni universitet hayotiga faol jalb etish hamda kelajakdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.