SAMDVMCHBUDA "XON ATLAS" FESTIVALI O‘TKAZILMOQDA



    SamDVMCHBUda o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va uni ommalashtirish, sharqona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilinayotgan ushbu festivalda barcha ayol xodimlar va talaba-qizlar atlas va adras matosidan tikilgan milliy liboslarda ishtirok etishmoqda. 

    “Xon atlas” oyligi doirasida tashkil etilgan ushbu targ‘ibot tadbirlarida xalqimizning ming asrlik tarixiy merosi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari hamda milliy liboslarimizning o‘ziga xosligi namoyish etildi.

    Tadbirda universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi J.Sayfudinova va boshqalar milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni yoshlar qalbiga singdirish va mazmunan boyitish, shuningdek, milliy liboslar orqali ajdodlarimizdan meros qolgan betakror san’atni keng targ‘ib qilish barchamizning azaliy burchimiz sanalishini ta’kidlashdi.