“MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI”



    SamDVMCHBUda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” loyihasi doirasida ingliz tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lgan iqtidorli talabalarni saralash maqsadida loyiha rahbari ishtirokida SamDVMCHBU hamda uning filiallari iqtidorli talaba-yoshlari uchun seminar o‘tkazildi.

    Ushbu loyiha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi  tashabbusi bilan tashkil etildi. Seminarda kelajak kasbi bo‘lgan “Data Scientist” haqida, sun’iy intellekt bilan ishlash va yuqori maoshli kasb egasiga aylanishi, o'qish davomida oylik rag‘bat puli, issiq ovqat, noutbuk, internet bilan ta’minlanish kabi qulayliklar aytib o‘tildi. 

    Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Boshqarma boshlig‘I A.Safarov, universitet prorektorlari,  fakultet dekanlari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etib, talabalar lohiha rahbaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.