“AXLOQ, INTIZOM VA MAS’ULIYAT”



    SamDVMCHBU rektori, professor X.B.Yunusov shu mavzuda Biotexnologiya fakulteti talabalariga Ma'rifat darsi mashg‘ulotini o‘tdi.

    Rektor dars davomida talabalarga hayotga qanday kuch, tayyorgarlik bilan, shaxsiy bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiyalar bilan kirib kelgan bo‘lsangiz, oldingizda turgan vazifalarni hal etishda shunchalik katta imkoniyat va jur’atga ega bo‘lasiz, deya ta’kidladi.

    Talabalarga katta hayotga qadam qo‘yayotgani uchun ham axloqning salomlashish, xushmuomala bo‘lish, kamtarlik, mehribonlik, mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik singari muhim, ammo oddiy sifatlari haqida emas, balki millat va vatan taqdiriga daxldor yuksak axloqiy qadriyatlar haqida gapirayotgani, bu insonga hayotda juda ko‘p duch kelishi mumkin bo‘lgan, tanlov qilish jarayonida chuqur mulohaza qilgan holda to‘g‘ri yo‘lni topishga undaydigan misollar ekanligini ta’kidladi