Joriy yilning 11-fevral kuni Samarqand \davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultet dekani professor X.Niyozov, universitet profilaktika inspektori kapitan B.Naimov hamda fakultet tyutorlari X.Abdurasulov, S.Musayeva, Sh.Xoliqov, A.Jabborovlar boshchiligida fakultet talabalari ishtirokida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida yoshlarni giyohvand moddalarning zararli ta'siri haqida ogohlantirish, ularni sogʻlom turmush tarziga yoʻnaltirish muhim ahamiyatga ega ekanligi, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish yoki oldi-sotdisi bilan shugʻullanish qonunga zid ekanligi taʼkidlandi.
Barchamiz birga zararli odatlarga qarshi kurashamiz va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilamiz!
SamDVMCHBU Axborot xizmati