A X B O R O T X A T I
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar univerisitetida joriy yilning 22-iyun kuni “Respublikamizda bugungi kunda chorvachilikdan olinadigan mahsulotlarni sifatli yetishtirish va qayta ishlashda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati” fan va ta’lim anjumani boʻlib oʻtadi.
Konferensiyada ishtirok etish uchun materiallar qabul qilinadi.
Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus va ingliz tillari.
Maqolaga qoʻyiladigan talablar:
Materiallar 4 bet hajmdan kam boʻlmagan A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim.
Anjuman materiallariga taqdim qilinayotgan maqolalar IMRAD strukturasida taqdim qilinishi lozim.
UDK. (yuqori chap tomonda)
Mavzu bosh harflarda
Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda)
Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi.
Annotatsiya, Kalit soʻzlar, Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat boʻladi: Kirish, Material va metodlar, Natijalar va ularning tahlili, Xulosalar, Foydalanilgan adabiyotlar.
Maqolalar anjuman yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, muallif(lar)ning shaxsiy izlanishlari natijalari, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga qamrab olgan, ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan holda taqdim etilishi lozim. Maqolaning mazmuniga va ko‘rsatilgan manbalarning to‘g‘riligiga muallif mas’uldir. Tashkiliy qo‘mita maqolalarni tanlab olish huquqiga ega. Google scholar da indekslanadi.
Konferensiyaga ilmiy maqolalarni qabul qilish muddati 2023-yilning 20-iyun sanasi (https://conf.ssuv.uz)ga qadar davom etadi.
Murojaat uchun tashkiliy qoʻmita manzili: Samarqand shahar, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi 77-uy, SamDVMCHBU 6-bino 2-qavat 619-xona.
Qoʻshimcha ma’lumot uchun:
1. Shamsiyeva Shaxnoza Baxodirovna
2. Qurbonova Shaxnoza Ergashevna;
3. Sidikov Asliddinjon Baxtiyor oʻgʻli
Murojaat uchun telefonlar:
+998-91-526-33-09,
+998-93-703-48-01,
+998-93-206-30-70