Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida «Yashil iqtisodiyet sharoitida iqtisodiyot va buxgalteriya hisobining dolzarb muammolari va ularning yechimlari» mavzusida yosh olimlar, magistrant va iqtidorli talabalar Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiya ishiga Toshkent davlat iqtisodiyet universiteti, shu universitetning Samarqand filiali, Samarqand iqtisodiyot va seris instituti, Samarqand agroinnovatsiya va tadqiqotlar instituti hamda Qozog‘iston Respublikasining Olmota texnologiyalar universiteti va Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti yosh olimlari, magistrantlari va iqtidorli talabalari ishtirok yetdi.

Konfrensiya plenar yig‘ilishida 8 ta ma’ruza, 3 ta seksiyalarda 42 ta ma’ruzalar eshitildi.

Konfrensiyani kirish so‘zi bilan ochib bergan universitet rektori, akademik X.Yunusov “Yashil iqtisodiyot yili”da iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarni eshitish hamda taklif va tavsiyalar ishlab chikarish hisoblanishini ta’kidlab, mazkur konferensiya bo‘lajak iqtisodchilar uchun muhim rol o‘ynashini, shu bilan birga magistrant va iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqotga qiziqish uyg‘otishdan iborat ekanligini ta’kidlab, konferensiya ishiga omad tiladi.
.jpg)

Konferensiya davomida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori Qulmamat Mirzayev, Iqtisodiyot fakulteti dekan, professor Abdumo‘min Aliqulovlar konferensiya yuzasidan o‘z fikrlarini bildirgan bo‘lsa, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi mudiri Navro‘zbek Rajabov “Maishiy xizmatlarni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish istiqbollari” mavzusida, fakultet assistenti Hasan Ishturdiyev “asalarichilik mahsulotlarining hisobi: hozirgi holati va tahlili” mavzusida, magistrant Kamola Toshpo‘latova “Baliqchilik xo‘jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusida ma’ruzalar qilishdi.


