"Veterinariya farmatsevtikasi sohasining bugungi holati: muammolari va vazifalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini Universitet rektori, professor, akademik X.B.Yunusov soha rivoji, veterinariya farmatsevtikasining ahamiyati va yosh tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatdagi o‘rni haqida kirish so‘zi bilan davom ettirdi.


Rektor nutqida sohaning istiqboli, innovatsion yondashuvlarning dolzarbligi va ilmiy izlanishlarning amaliy natijalarga qo‘shadigan hissasi alohida ta’kidlandi.

.jpg)
Tadbirda fakultet dekani, dotsent A. Nurniyozov, shuningdek yetakchi mutaxassislardan — B. Norqobilov, S. Oqqiyev, A. Kuzerbaeva, I. Saliyeva, S. Yuldashov, I. Kazakov, M. Eshkobilova, S. Tulemetova kabi professor-o‘qituvchilar ishtirok etishmoqda.


Tadbir davomida soha ekspertlari innovatsion yondashuvlar, dorivor vositalarning samaradorligi va xavfsizligi, shuningdek, epizootik nazorat va fitoterapiya bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarini taqdim etishdi.


Tadbir yakunida barcha ma’ruzachilar va ishtirokchilar o‘zaro fikr almashishdi, ilmiy natijalar yuzasidan tavsiyalar berildi hamda konferensiyaning kelgusida an’anaviy tarzda davom ettirilishi ta’kidlandi.