O'z nutqida rektor biotexnologiyaning zamonaviy oziq-ovqat xavfsizligidagi strategik ahamiyati, sohada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning istiqbollari haqida fikr yuritildi.Shundan so‘ng Pokistonning Panjab Universiteti professori Dr. Allah Bakhsh (Zoom orqali) ishtirokchilarga o‘zining samimiy tabrik va tilaklarini yo‘lladi.


Konferensiya davomida bir qator ilmiy ma’ruzalar tinglandi va ular ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.


Sohaning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi dolzarb masalalarini yoritish, yangi ilmiy g‘oyalar almashish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim maydonga aylandi.


Yakunda konferensiya biotexnologiya sohasida ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va istiqboldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash borasida muhim qadam bo‘lgani ta’kidlandi.