TA’LIM-FAN-ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI YANGI BOSQICHGA KO‘TARILADI



    Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida mamlakatlarning taraqqiyoti, avvalo, ilm-fan yutuqlari, zamonaviy ta’lim tizimi va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro uyg‘unligiga bevosita bog‘liq. Integratsiya jarayoni orqali talabalar nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish tajribasi bilan mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladi, bu esa mehnat bozoriga tayyor kadrlar chiqarishga xizmat qiladi. 

     SamDVMCHBUda “Veterinariya va chorvachilik sohasida ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasining zamonaviy jihatlari” mavzusida bo‘lib o‘tgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada ham shu jihatlarga e’tibor qaratildi.