OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI DOLZARB MASALA



     SamDVMCHBUda “Oziq-ovqat xavfsizligining dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

   Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari hamda yosh olimlar, talabalar ishtirok etdi. Bundan tashqari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi rahbar xodimlari, Qozog‘iston, Turkiya, Eron, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning yetakchi oliy o‘quv yurtlari olimlari ham anjumanda qatnashib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

     Konferensiyani kirish so‘zi bilan ochib bergan universitet rektori, professor X.Yunusov oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri ekanligi, bugun oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlash bo‘yicha yondashuvni mutlaqo o‘zgartirish vaqti kelganini ta’kidladi.