Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida "Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va yechimlar" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyani universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbir davomida Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Hojiakbar Yuldoshev, Tehron universiteti veterinariya fakulteti doktori, Tatario vaksina markazi kompaniyasi direktori Tatari Zolikha, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Abdulla Qurbonovlar Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va ularning yechimlari mavzusida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi laboratoriya mudiri Go‘zal Kutliyeva “Qishloq xo‘jaligi sohalarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda mikrob biotexnologiyasini qo‘llash istiqbollari”, universitet birinchi bosqich magistranti Mohigul Xudoynazarova “Baliqlar saprolegniozida veterinariya sanitariya ekspertizasi”, universitet birinchi bosqich magitranti Dilrabo Shirinbayeva “Mikrobiologik qayta ishlash usullari yordamida kavsh qaytaruvchilar fiziologik ko‘rsatgichlar o‘sish mexanizmini o‘rganish” mavzularida ma’ruzalar qilishdi.
Ilmiy amaliy konferensiyada parranda, baliq, asalari va mo'ynali hayvonlar kasalliklarini diagnostikasi, davolash va oldini olish usullari to'g'risidagi dolzarb muammolar haqida ma’ruzalar tinglandi. Sohadagi yangi innovatsion loyihalar bo'yicha yaratilgan ishlanmalar taqdim etildi.