Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Zamonaviy patomorfologiyaning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Konferensiyani kirish so‘zi bilan ochib bergan universitet rektori, professor X. Yunusov, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i, biologiya fanlari doktori A. Safarov, Vitebsk davlat veterinariya medisinasi akademiyasi prorektori, dotsent D.Fedotov, Porto universitetining Eben Salazar nomidagi Biomedisina instituti professori A. Faustino, Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti professori G.Djanabekovalar mazkur konferensya O‘zbekiston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va yovvoyi hayvonlarda uchraydigan yuqumli, yuqumsiz va invazion kasalliklarning patomorfologik diagnostikasi va morfologiyaning zamonaviy innovasion usullarni keng miqyosda joriy etish, dunyoda va respublikamizda ushbu sohada mavjud muammolar, ularning yechimlari bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tahlil qilib, sohani rivojlantirish borasidagi istiqbolli vazifalar belgilab olinishida muhim omil bo‘lishini ta’kidlab, konferensiya ishiga omad tiladi.
Shuningdek, konferensiya davomida SamDVMCHBU doktoranti Jasur Yulchiyev “Qoramol papilomalarining patomarfologik diagnostikasi”, Samarqand davlat tibbyot universiteti Qo‘shma dastur fakulteti talabasi Harsh Saini “Ambulatoriya sharoitida tuxumdon endometriozi”, Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi Ibragim Mustafayev “Quyonlar va kalamushlar jigarining morfologik va morfometrik ko‘rsatgichlari”, SamDVMCHBU assistenti O‘tkir Rahmonov “Postnatal ontogenezda turli zotli quyonlar buyrak usti”, Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi Olmos Nurmamatov “Nafas olish tizimi vegetativ innervatsiyasining yoshga xos bo‘lgan o‘zgarishi”, SamDVMCHBU talabasi Qahramon Najmiddinov “Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda korakoid suyagining qiyosiy o‘sish dinamikasi” mavzularida ma’ruza qilishdi.
Konferensiya “Patalogik anatomiya sohasidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari” hamda “”Morfologiyaning dolzarb muammolari va yechimlari” shoʻbalariga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.