Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Chorvachilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish" loyihasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 noyabrdagi PQ-4538-sonli qaroriga asosan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi Chorvachilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish" loyihasi (Loyiha) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (Qo‘mita) tomonidan amalga oshirilmoqda. 2022 yilning 5 yanvar kuni Qo‘mita tomonidan Loyihaning ikkinchi komponenti “Chorvachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlarni yaxshilash” doirasida bajariladigan tadbirlar yo‘l xaritasi tasdiqlangan.

 

Ushbu yo‘l xaritasiga muvofiq, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida (SDVMCHBU) davlat, idoraviy va xususiy veterinariya xizmatlarida faoliyat yuritayotgan veterinariya mutaxasislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga mo‘ljallangan veterinariya mutaxasislari uchun uzluksiz ta’lim  dasturlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqish, tahlil etish va amaliyotga joriy etish maqsadida Loyihani Amalga Oshirish Guruhi (LAOG) tomonidan xalqaro va mahalliy konsultantlar jalb etilgan.

Maslahatchilar tomonidan joriy yilning 19-20 may kunlari SDVMCHBU da, 22-23 may kunlari SDVMCHBU ning Toshkent filialida, 25 may kunlari SDVMCHBU ning Nukus filialida veterinariya mutaxasislari uchun uzluksiz ta’lim dasturiga bag‘ishlangan 6-ta o‘quv forumlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu o‘quv-forumlarning har birida kamida 150 nafar (jami 900 nafar) veterinariya mutaxasislari (viloyatlar davlat veterinariya xizmati mutaxasislari), SDVMCHBU va uning filiallari o‘qituvchi xodimlari hamda tinglovchilari va yuqori kurs talabalari ishtirok etilishi belgilangan.Ushbu o‘quv-forumlarning maqsadlari quyidagilardan iborat:

- Loyiha doirasida SDVMCHBU bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan tadbirlar majmui, shu jumladan loyihaning xalqaro va milliy maslaxatchilari tomonidan ishlab chiqilgan veterinariya mutaxassislari uchun uzluksiz ta’lim dasturlarini taqdimotini o‘tqazish;

- SDVMCHBU da nazariyani amaliyot bilan bog‘lash orqali ta’lim sifatini yaxshilash, ta’lim berish tizimida zamonaviy innovatsion jihozlar va uslublarni joriy etish, shu jumladan masofaviy va vebinar ta’lim berilishini tadbiq etish. O‘quv jarayonida interaktiv va virtual uslublardan foydalanish qulayliklari va afzalliklarini ko'rsatib berish;

- veterinariya xizmatidagi amaliy jarayonlarni universitetda tashkil etish orqali talabalar va malaka oshiruvchi mutaxasisslarni bilim va ko'nikmalarini yanada oshirish,

- uzoq muddatli istiqbolli rejada kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish orqali respublika veterinariya xizmatining barcha bo'g‘inlarini qamrab olishga erishish maqsadlarini targ‘ib etishdir.

O‘tkaziladigan forumlar soha kadrlarini tizimli tayyorlash, ularning malakasini oshirish  hamda mutaxassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirishga hissa qo‘shadi degan umiddamiz.

 

 Axborot xizmati

LTR RTL