“Odam savdosi – asr vabosi!” va “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish” mavzusida tadbir o'tkazildi

Tadbirda Sh.Abdusalomov va I.Mavlonov – Samarqand viloyati IIB TQK boshqarmasi o’ta muhim ishlar bo’yicha katta tezkor vakillari  va talabalar orasida ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga mas’ul rektor maslahatchisi Z.N.Shodmonov, universitet profilaktika inspektori Bekzod Nayimov , Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i Sh.Qurbonov xamda universitet tyutorlari va talabalar yoshlar ishtirok etishdi.

Talabalar orasida ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga mas’ul rektor maslahatchisi - Z.N.Shodmonov bugungi kunda asr muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash nafaqat mahalliy, balki xalqaro darajadagi inson huquq va erkinlarini ta’minlashdagi asosiy masalalardan biridir. Achinarlisi, ushbu illatni oldini olishga qaratilgan keng qamrovli huquqiy targ’ibot tadbirlari olib borilishiga qaramay, millionlab insonlar odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Mazkur jinoyatning rivojlanishiga sabab bo’layotgan omillardan biri fuqarolarning xorijga borish va mehnat qilishning tartib-qoidalari xususida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo’lmasligi hamda firibgarlar tuzog’iga ilinib qolishidadir. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda ham odam savdosini oldini olish va unga qarshi kurashish borasida ulkan ishlar amalga oshirib kelinmoqda deb so’zini tugatdi.

Shundan so’ng so’zni Samarqand viloyati IIB terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi o’ta muxim ishlar bo’yicha tezkor vakil Sh.Abdusalomovga berildi, o’z so’zida yuqoridagi ma’lumotlarga qo’shimcha qilib O’zbekiston 2003 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950 yilda qabul qilingan “Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to’g’risida”gi Konvensiyaga qo’shildi hamda 2008 yilning 17 aprelida “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilinganligini, mazkur Qonunga ko’ra, odam savdosi — kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, o’g’irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to’lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og’dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishni anglatishi yuzasidan batafsil ma’lumotlarni aytib o’tdi.

Samarqand viloyati IIB terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi o’ta muxim ishlar bo’yicha katta tezkor vakil I.Mavlonovga berildi, o’z so’zida barchamizga ma’lumki jamiyatda siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog’lig’iga xavf tug’diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo’q qilinishi xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko’zlab ig’vogarliklar qilishga, aholini qo’rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirishni maqsad qilib olgan terrorchilik harakati mavjudligini, Mamlakatimizda ushbu jinoiy harakatlarga chek qo’yish va oldini olish maqsadida O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda “Terrorizmga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilinganligini, mazkur Qonunning maqsadi - terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish ekanligi, asosiy vazifalari - shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta’minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat ekanligi haqida tushunchalarni aytib o’tdi. Shu bilan birga terrorizm, terrorizmni moliyalashtirish, terrorchi, terrorchilik guruhi, terrorchilik tashkiloti, terrorchilik faoliyati va boshqa terrorizm bilan bog’liq so’zlarning tushunchalarini tushuntirib o’tib, mavzuga doir videorolik qo’yib berildi. 

Shundan so‘ng Universitetga IIB dan biriktirilgan profilaktika inspektori, kapitan – B.R.Nayimov so‘zga chiqib, o‘z so‘zida yuqorida aytib o‘tilgan so‘zlarni tasdiqlab, terrorchilik faoliyatining oldini olish davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa profilaktik choralar majmuini o’tkazish orqali amalga oshirilishi, Qonun bilan quyidagilar, ya’ni terrorizmni targ’ib qilish, terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularda faoliyat ko’rsatish, terrorchilik faoliyatiga daxldor yuridik shaxslarni, ularning bo’linmalari va vakolatxonalarini akkreditasiya qilish, ro’yxatdan o’tkazish va ularning faoliyat ko’rsatishi, terrorchilik faoliyatiga daxldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasiga kirishi, tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid ma’lumotlar va faktlarni yashirish ta’qiqlanishi, bu kabi harakatlarni sodir etilganda Qonunda ko’rsatilgan jazo muqarrarligi yuzasidan aytib o’tdi. Shuningdek, universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Qurbonov hozirgi kunda dunyo bo’yicha barcha mamlakatlar odam savdosiga qarshi kurashayotganligini, hatto odam savdosini oldini olish maqsadida turli qonunlar ham chiqarilayotganligini, lekin hozirgi kunda ushbu jirkanj jinoyatga qo’l urayotgan insonlar o’zimizning davlatimizda ham mavjudligini o‘z fikrlarida aytib o‘tdi. Tadbir so'ngida talaba yoshlar mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

AXBOROT XIZMATI

LTR RTL