WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Kudratov Rizo Turdibayevich

“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi katta oʻqituvchisi,

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • iqtisodiyot,
  • menejment

Shaxsiy maʻlumotlar

    Kudratov Rizo Turdibayevich 1985-yilda Samarqand qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan.1992-yilda 08.00.05 – “ Iqtisodiyot va xalq xoʻjaligini boshqarish ” ixtisosligi boʻyicha  iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Lavozim vazifalari

Katta oʻqituvchi lavozim vazifalari:

Barcha oʻquv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) boʻyicha oliy taʻlimning davlat taʻlim standartlariga muvofiq tuzilgan oʻquv rejalarda belgilangan maʻruzalar,  amaliy va boshqa turdagi mashgʻulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada oʻtkazish;

Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish, talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;

Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish;

Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak maʻnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

 Kafedra fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda  taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan oʻquv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

Darslik, oʻquv, uslubiy va koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy oʻquv yurti rektoratining topshirigʻiga binoan qayta nashr etiladigan darslik, oʻquv qoʻllanma va oʻquv uslubiy adabiyotlarga xulosalar tuzish;

Nodavlat taʻlim muassasalarining buyurtmalari boʻyicha zaruriy oʻquv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Isteʻdod” jamgʻarmasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish hajmini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

Taʻlim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʻminlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilarga rahbarlik qilish.

Tajribali oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;

Pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishni boshlagan oʻqituvchilarga pedagogik mahoratini egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida zamonaviy oʻquv texnika vositalaridan va yakka tartibda oʻqitish, mustaqil taʻlim olish vositalaridan foydalanish; masofali taʻlim tizimini rivojlantirish; xorijiy oʻquv yurtlarining ish tajribasini yoritib borish;

Raqobatbardosh va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash; kafedra aʻzolari yoki rektorat topshirigʻiga binoan boshqa tadqiqotchilar tomonidan himoyaga taqdim etilgan dissertatsiyalarni koʻrib chiqish; taʻlim hujjatlarining ekvivalentligini belgilash boʻyicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

Byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish, shuningdek, ilmiy texnikaviy yordam koʻrsatish maqsadida sanoat, qishloq xoʻjalik korxonalari, dehqon, fermer va boshqa xoʻjaliklar bilan aloqa oʻrnatish;

Oliy oʻquv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchi izlanuvchilar institutini oʻtaganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;

Kafedra profili boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish;

Xorijiy hamkorlar, ilmiy va taʻlim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.