Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
Maloxat Xushvaqtovna 2011 yil Sam.D.U. Biologiya fakultetini tamomlagan. 2021-yilda 03.00.05 – “Botanika” ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 80 ga yaqin ilmiy maqolalar, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta monagrafiya, 1 ta tavsiyanoma, 8 ta uslubiy ko‘rsatma, chop ettirgan.
Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda universitetning ilmiy-innovatsion va o’quv faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy salohiyatni oshirish, Respublika va xalqaro loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirmoqda.
Lavozim vazifalari
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va sog‘liqni saqlashga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, Yo‘riqnomalari, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlari ijrosini ta’minlash;
· Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini rivojlantirishga oid Qaror va Farmonlarida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi zamonaviy uslub va yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
· Universitetning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
· Universitet miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
· Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi yo‘riqnoma asosida boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
· Kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
· Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida Universitet rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
· Universitetning tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;
· Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, fakultet ilmiy kengashi xamda Kengash yig‘ilishlarida hisobot berish;
· Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash;
· Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
· Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quvtexnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
· Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
· Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
· Universitet va kafedrada katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
· Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
· Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
· Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishiga homiylarni keng jalb etish;
· Universitetning axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishini va yangilanishini doimiy nazorat qilish;
· Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalardagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
· Talabalarning malakaviy amaliyoti, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
· Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
· Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
· Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
· Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
· Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
· Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Iste’dod” jamg‘armasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
· Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;
· Universitet jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriqlarini bajarishni o‘z zimmasiga olish hamda kafedra xodimlarini faol ishtirok etishini ta’minlash;
· Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
· Universitet ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Mehnat faoliyati
2001-2005 yy.- Samarqand davlat universiteti talabasi
2005-2008 yy.- Urgut tumani 16 maktab o‘qituvchisi
2009-2011 yy.- Samarqand davlat universiteti magistri
2012-2013 yy.- Samarqand qishloq xo‘jalik instituti o‘quv-uslubiy bo‘lim statisti
2013 -2016 - Samarqand qishloq xo‘jalik institutining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” kafedrasi assistenti
2017-2018 - Samarqand qishloq xo‘jalik institutining “Ekologiya, botanika va o‘simliklar fiziologiyasi” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi
2018-2020- Samarqand veterinariya medisinasi instituti “Tabiiy va ilmiy fanlar “kafedrasi mustaqil izlanuvchisi
2021 yil- Samarqand veterinariya medisinasi instituti “Veterinariya farmasevtikasi “kafedrasi assistenti b.f.f.d. PhD)
2022 yil- h.v.- Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Biotexnologiya fakulteti, Biologiya, ekologiya va dorivor o‘simliklar kafedrasi mudiri, dotsent v.b.