VETERINARIYA JARROHLIGI VA AKUSHERLIK KAFEDRASI
Kafedra mudiri
Narziev Baxtiyor Dalievich
Qabul vaqti: Har kuni (8.00-17.00)
Telefon: +998937205141
Elektron pochta: narziyev1954@gmail.com
Biografiya
Mehnat ctaji 40 yil. Mazkur vazifada 2020 yildan buyon ishlamoqda. Veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
B. Narziev bugungi kungacha 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir.
B. Narziev rahbarligida 1 ta nomzodlik, 2 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari, 50 ta magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan. Bugungi kunda 3 nafar tayanch doktorantlar, 4 nafar mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.
B. Narziev Universitetning xalqaro miqyosida obro`sini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, talabalar, professor-o`qituvchilarning davlatlararo o`zaro tajriba almashih ishlarida katta hissa qo`shmoqda.
B. Narziev tarbiyalagan shogirdlar Respublikamiz va chet el mamlakatlarida veterinariya soxasida yuksak martabalarga erishib kelmoqdalar. Davlat va texnik dasturlari bo‘yicha “Qorako‘l qo‘ylari limfa tizimi anatomo topografik tuzilishini o‘rganish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.
B.D. Narziev tomonidan universiyeyda o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, talabalarni ilmiy salohiyatini oshirish, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutahasisliklarining davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish, o‘quv rejalar va fanlar dasturlarining tahlili va ularni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Kafedra klinikasida hayvonlar kasalliklarini davolash va oldini olish ishlarida rahbarlik qilib, talaba va magistrlarda amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishda katta hissa qo‘shib kelmoqda. Shuningdek Respublikamiz kuch salohiyatiga ega tuzilmalarda kinologiya xizmatlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy yordam berib kelmoqda.
Respublikada malakali kadrlar tayyorlashdagi jonkuyarligi, institut jamoatchilik ishlarida faolligi, tashabbuskorligi va qilgan mehnatlari uchun Mustaqilligimizning 20 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘krak nishoni va bir nechta faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
Oilali, 6 nafar farzandi bor.
Veterinariya jarroxligi va akusherlik kafedrasi
Kafedra 1929 yil Samarqand qishloq xo‘jalik instituti tarkibida Veterinariya xirurgiyasi kafedrasi sifatida tashkil topgan. Kafedra o‘zining rivojlanish bosqichlarida, ya’ni 1989-2004 yillar “Xirurgiya va farmakologiya”, 2004-2017 yillar “Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya”, 2017-2018 yillar “Veterinariya jarrohligi, farmakologiyasi va toksikologiyasi”, 2018 yilda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tarkibida “Veterinariya jarrohligi va akusherlik” kafedrasi va 2022 yildan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tarkibida “Veterinariya jarrohligi va akusherlik” kafedrasi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Kafedraga u tashkil etilganidan buyon S.V.Timofeev, A.K.Malyukov, S.N.Vaxidov, Ye.Guliyans, V.A.Polyakov, X.K.Rustamov, Ya.O.Oqbutaev, N.Sh.Davlatov, A.S.Suleymanov, N.G.Xamidov, I.S. Zolotovlar faoliyat ko‘rsatishgan.
Bugungi kunda kafedraga dotsent B.D. Narziev mudirlik qilib kelmoqda. Kafedra tarkibida professorlar B.M.Eshburiev, H.B.Niyozov, R.M.Tashtemirov; dotsentlar B.D.Narziev, S.M.Djumanov, J.B.Yulchiev; katta o‘qituvchi S.B.Abdiev; assistentlar A.Ruziev, X.X.Eshquvatov, B.S.Alimov, B.T.Sidiqov, M.Q.Yuldasheva, A.G`.Jabborov, Q.M.Baxriddinov; laboratoriya mudiri N.S.Abdukarimova, laborant M.A.Xaknazarovalar faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Bugungi kunda kafedrada 3 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida, 4 ta magistratura mutaxassisliklariga ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Kafedra o‘qituvchilari ro‘yxati:
№
|
F.I.Sh.
|
O‘qitadigan fan
|
Shtat birligi
|
|
|
1
|
Narziev Baxtiyor Dalievich
|
Operativ xirurgiya va topografik anatomiya
|
1,0
|
|
2
|
Tashtemirov Ravshanbek Matlyubovich
|
Veterinariya xirurgiyasi
|
1,0
|
|
3
|
Eshburiev Baxtiyor Mamatkulovich
|
Veterinariya akusherligi
|
1,0
|
|
4
|
Niyozov Hakim Baqoevich
|
Veterinariya xirurgiyasi
|
0,5
|
|
5
|
Abdiev Salohiddin Buronovich
|
Veterinariya xirurgiyasi
|
1,0
|
|
6
|
Jumanov Sobir Murodovich
|
Veterinariya akusherligi
|
1,0
|
|
7
|
Yulchiev Jasurbek Baxodirovich
|
Operativ xirurgiya va topografik anatomiya
|
0,5
|
|
8
|
Ruziev Adxam Iskanovich.
|
Operativ xirurgiya va topografik anatomiya
|
1,0
|
|
9
|
Eshquvatov Xonkeldi Xasanovich
|
Veterinariya xirurgiyasi
|
1,0
|
|
10
|
Alimov Baxrom Sayfievich
|
Veterinariya akusherligi
|
1,0
|
|
11
|
Sidiqov Baxtiyor Tursunboevich
|
Veterinariya akusherligi
|
1,0
|
|
12
|
Yuldasheva Madina Qaxramonovna
|
Operativ xirurgiya va topografik anatomiya
|
1,0
|
|
13
|
Jabborov Abbosjon G‘afforjon o‘g‘li
|
Operativ xirurgiya va topografik anatomiya
|
1,0
|
|
14
|
Baxriddinov Qaxramon Muxiddin o‘g‘li
|
Operativ xirurgiya va topografik anatomiya
|
1,0
|
|
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat:
Veterinariya xirurgiyasi, Operativ xirurgiya va topografik anatomiya, Veterinariya akusherligi
Magistratura:
Jarroxlik kasalliklarining ilmiy asoslari, Embrion transplantatsiyasi, Hayvonlar ko‘payish biotexnikasi, Akusherlik patologiyasi, Veterinariya ginekologiyasi va andrologiyasining, Mayda hayvonlar xirurgiyasi, Yirik hayvonlar xirurgiyasi, Veterinariya stomatologiyasi, Veterinariya ortopediyasi, Veterinariya anesteziologiyasi, Veterinariya oftalmologiyasi, Hayvonlar klinik xirurgiyasi.