Kafedra mudiri
Ro‘ziqulov Nuriddin Bolliyevich
Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi midiri, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent
•+99890 2242541
•iqtidor0179@ssuv.uz
•GoogleSchoolar
•ResearchGate
•Scopus
•Orcid
Tadqiqot sohalari
•Veterinariya meditsinasi
•Ichki yuqumsiz kasalliklar
•Metabolizm patologiyasi
Shaxsiy ma’lumotlar
Ro‘ziqulov Nuriddin Bolliyevich, 1979 yil 1 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida oddiy ishchi oilasida tug‘ilgan.
1996 yilda o‘rta maktabni tugatib, shu yili Samarqand qishloq xo‘jalik institutiga o‘qishga kirgan. 2000 yilda bakalavr, 2002 yilda esa magistr darajasiga ega bo‘lgan. 2002-2005 yillarda aspiranturada tahsil olgan.
2005-2008 yillarda «Iqtidorli talabalar» bo‘limi boshlig‘i, 2008-2009 yillarda «O‘quv-metodika» bo‘limi boshlig‘ining muovini, 2011-2018 yillarda «Magistratura» bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2006-2014 yillarda kafedra assistenti, 2014 yildan kafedra dotsenti, 2019-2020 yillarda «Xalqaro hamkorlik» bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2020 yildan «Ichki yuqumsiz kasalliklar» kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
N.B.Ro‘ziqulov 2010 yilda professor B.Bakirov ilmiy rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 4 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 12 ta uslubiy qo‘llanma, 200 dan ortiq (shu jumladan, 30 ta xorijiy jurnallarda) ilmiy maqolalar chop etgan. 2 ta Monografiya, 1 ta Ko‘rsatmalar, 3 ta Tavsiyanoma va 4 ta ixtiro muallifi. 10 nafar magistrantga, 3 nafar Beruniy va 1 nafar Islom Karimov nomli Davlat stipeniyasi sovrindorlariga ilmiy rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda 2 nafar mustaqil tadqiqotchi (PhD)ga va 1 nafar magistrantga ilmiy rahbarlik qilmoqda.
N.B.Ro‘ziqulov bir qator nufuzli universitetlarda: Nitra qishloq xo‘jalik universiteti, 2015; Porto universiteti, 2019; Tartu amaliy bilimlar universiteti, 2019; Piza universiteti, 2019; Padova universiteti, 2019; Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti, 2020, 2022; O‘sh davlat universiteti, 2021, 2022, 2023, 2024; Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitet, 2022; Qozoq milliy agrar tadqiqotlari universiteti, 2022, 2023; M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, 2023; Qirg‘iz milliy agrar universiteti, 2023; Qirg‘iz-Turk “Manas” universiteti, 2023)da kasbiy malaka va tajribasini oshirgan hamda ma’ruzalar o‘qigan.
N.B.Ro‘ziqulov 2014 yildan boshlab DSc.30.08.2018.V.12.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi, 2015 yildan fakultet Kengashi a’zosi, 2020 yildan universitet Kengashi a’zosi, 2024 yildan O‘sh davlat universiteti (Qirg‘iz Respublikasi) dotsenti (soatbay) sifatida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Kafedra o‘qituvchilari
NORBOEV KURBON
Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi professori, veterinariya fanlari doktori
•+9989027009080
•norboyev_k@ssuv.uz
•GoogleSchoolar
•ResearchGate
•Scopus
•Orcid
Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
•Qoramollar va qo‘ylarda jigar kasalliklari, moddalar almashinuvi buzilishlari va bepushtliklarni kelib chiqish sabablari, ularni oldini olishning samarali uslub va vositalarini yaratish
Shaxsiy ma’lumotlar
Norboev Qurbon Norboevich veterinariya sohasida ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan, fanni shaxsiy ilmiy yutuqlari va xalqaro ahamiyatga molik bo‘lgan salmoqli ilmiy natijalari bilan boyitgan olim. 16.00.01 - “Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari doktori ilmiy daraja.
Q.N.Norboev “Qoramollar va qo‘ylarda jigar kasalliklari, moddalar almashinuvi buzilishlari va bepushtliklarni kelib chiqish sabablari, ularni oldini olishning samarali uslub va vositalarini yaratish” yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy maktab tashkilotchisi va rahbari hisoblanib, bu sohada 3 nafar fan doktorlari, 2 nafar veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va 6 nafar fan nomzodlari tayyorlagan.
Safarov Mavlon Bozorovich
Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi dotsenti, veterinariya fanlari nomzodi Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetining ilmiy kengashi a’zosi
•+99891 538 80 78
•safarov_m@ssuv.uz
•GoogleSchoolar
•ResearchGate
•Scopus
•Orcid
Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
•Диагностика и профилактика белковой и менеральной витаминной недостаточности малочных коров красной степной пароды в системе диспансиризации в Бухарской обл. в Узб.ССР.
•Qorako’l zotli qo’ylarda uchraydigan stresslarning sabablari, belgilari va oldini olish chora-tadbirlari.
Shaxsiy ma’lumotlar
1985-yildan boshlab qorako‘l qo‘ylariga ta’sir etuvchi stressorlar va ularning ta’sirini pasaytiruvchi vositalarni qo‘llash mavzusida ilmiy ishlar bajargan.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 150 dan ortiq ilmiy maqolalarning, 9 ta o‘quv qo‘llanmasi, 1-ta darslik muallifi. Shu davrda 1-ta nomzodlik va 12 ta magistrlik dissertatsiyallariga rahbarlik qildim. 2022 yilda “Hayvonlarda stress sabablari va oldini olish chora-tadbirlari” nomli manografiya nashrdan chiqdi.
Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning o‘quv - uslubiy va ilmiy faoliyatini rivojlantirish, talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, hamda Respublika fan olimpiadalariga tayorlashda faol ishtirok etib kelmoqda.
«O’zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi» va «Ibratli oila» ko’krak nishonlari bilan taqdirlangan.
Ibgarimov Baxtiyor Xakimovich
Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent
•+998933555525
•ibragimov_baxtiyor@ssuv.uz
•GoogleSchoolar
•ResearchGate
•Scopus
•Orcid
Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
•Клиническо анатомические показатели госипола-таксикоза у каракульских овец
Shaxsiy ma’lumotlar
Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy saloha to‘garaklarini samaradorligini oshirish, Respublika va xalqaro loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.
Nurmuxamedov Baxron Mamadalievich
Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi katta o’qituvchisi, veterinariya fanlari nomzodi
•+99890 270 98 06
•nurmuxamedov_b@ssuv.uz
•GoogleSchoolar
•ResearchGate
•Scopus
•Orcid
Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
•Veterinariya radiobiologiyasi va rentgenologiyasi
Shaxsiy ma’lumotlar
Nurmuxamedov Baxron Mamadalievich 1986-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1993-yilda 16.00.02 – “Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari nomzodi bo‘yicha ilmiy darajasini olgan.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 43 ga yaqin ilmiy maqolalar, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta tavsiyanoma, 1 ta uslubiy qo‘llanma va 1 ta monografiya chop ettirgan.
Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy saloha to‘garaklarini samaradorligini oshirish, Respublika va xalqaro loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.
Boboyev Oybek Rayimovich
Kafedra asistenti (PhD)
•+99897 922 40 83
•boboevoybek@ssuv.uz
•GoogleSchoolar
•ResearchGate
•Scopus
•Orcid
Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
• Sigirlarda endemik bo’qoqning etiopatogenez va guruhli profilaktikasi
Shaxsiy ma’lumotlar
Boboyev Oybek Samarqand qishloq xo‘jalik institutini tomomlagan. 16.00.01 - Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Sigirlarda endemik bo‘qoqning etiopatogenezi va guruhli proflaktikasi” mavzusidagi veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 50 ga yaqin ilmiy maqolalar, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta tavsiyanoma, 1 ta manografiya, chop ettirgan.
Hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan isloxatlar bilan birgalikda kafedrada professor-o‘qituvchisi sifatida talabalarning egallagan ilmiy-nazariy bilimlarini bevosita amaliyotga tadbiq etish, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, talabalar bilimini baholash borasida xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, universitetda ta’lim sifatini ta’minlash borasidagi faoliyat turlari bilan amaliy tanishish va ilmiy-pedagogik ish faoliyat olib borishning mazmuni, me’yoriy-huquqiy asoslari va tartibini o‘rganib bormoqda
Sulaymonov Ma’ruf Abduxolikovich
Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi katta oʻqituvchisi, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
•+99893344 79 88
•maruf_sulaymonov_80@ssuv.uz
•GoogleSchoolar
•ResearchGate
•Scopus
•Orcid
Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
•Sigirlarning alimentar bepushtliklarni davolash va oldini olish
Shaxsiy ma’lumotlar
Sulaymonov Ma’ruf Abduxolikovich 2007-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 2022-yilda 16.00.01 – “Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 52 ga yaqin ilmiy maqolalar, 2 ta tavsiyanoma, 1 uslubiy ko’rsatma, 3 ta uslubiy qo‘llanma chop ettirgan.
Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasida va Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida o‘quv - uslubiy va ilmiy faoliyatini rivojlantirish, talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb etib kelmoqda, shuningdek, talabalar hayotida sog`lom turmush tarzini shakllantirishda faol ishtirok etib kelmoqda.
Raxmonov Umid Azamatovich
Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi v.b. dotsenti, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
•+99893 353 67 47
•raxmonov_u@ssuv.uz
•GoogleSchoolar
•ResearchGate
•Scopus
•Orcid
Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
•Klinik diagnostika va rentgenologiya.
•Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar gepatodistrofiyasi (etiologiya, diagnostika, profilaktika)
Shaxsiy ma’lumotlar
Raxmonov Umid 2010-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 2020-yilda 16.00.01 – “Hayvonlar kasalliklardiagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 27 taga yaqin ilmiy maqolalar, 1 ta o‘quv qo‘llanma 2 ta tavsiyanoma, 1-ta uslubiy qo‘llanma chop ettirgan.
Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy saloha to‘garaklarini samaradorligini oshirish, Respublika va xalqaro loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.
Xayitov Bekjon Norbek o‘g‘li
Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi assistenti, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
•+99894 471 27 21
•xayitov_b@ssuv.uz
•GoogleSchoolar
•ResearchGate
•Scopus
•Orcid
Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
•Ichki yuqumsiz kasalliklarga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish
Shaxsiy ma’lumotlar
Xayitov Bekjon 2015-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 2022-yilda 16.00.01 - “Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 35 ga yaqin ilmiy maqolalar, 1 ta monografiya, 1 ta tavsiyanoma, 2 ta uslubiy qo‘llanma chop ettirgan.
Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning o‘quv - uslubiy va ilmiy faoliyatini rivojlantirish, talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, hamda Respublika fan olimpiadalariga tayorlashda faol ishtirok etib kelmoqda.
Tursunaliyev Bobur Begali o‘g‘li
Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi assistenti, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
•+99897 917 07 11
•tursunaliyev-b@ssuv.uz
•GoogleSchoolar
•ResearchGate
•Scopus
•Orcid
Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
•Ichki yuqumsiz kasalliklarga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish.
Shaxsiy ma’lumotlar
Tursunaliyev Bobur 2014-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 2024-yilda 16.00.01 – “Hayvonlar kasalliklardiagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 25 ga yaqin ilmiy maqolalar, 1 ta tavsiyanoma, chop ettirgan.
Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy saloha to‘garaklarini samaradorligini oshirish, Respublika va xalqaro loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.
Asqarov Saloxiddin Saitazim o`g`li
Ichkiyuqumsizkasalliklar kafedrasi assistenti
•+99890 6017792
•Salohiddin1108@ssuv.uz
•GoogleSchoolar
•ResearchGate
•Scopus
•Orcid
Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
•Ichki yuqumsiz kasalliklar
Shaxsiyma’lumotlar
Asqarov Saloxiddin Saitazim o‘g‘li Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetinitomomlagan. 16.00.01 - Hayvonlarkasalliklaridiagnostikasi, terapiyasivaxirurgiyasiixtisosligibo‘yicha “Qo‘zilar dispepsiyasining etiopatogenezi, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish” mavzusidagiveterinariyafanlaribo‘yichafalsafadoktori (PhD) ilmiydarajasini2024- yil oxrda himoya qilaman.Ilmiytadqiqotnatijalariasosida20 gayaqinilmiymaqolalar, 2 tauslubiyqo‘llanma, 1 tatavsiyanoma, chop ettirgan. Hozirgi kunda respublikamizdaamalgaoshirilayotganisloxatlarbilanbirgalikda kafedrada professor-o‘qituvchisi sifatida talabalarning egallagan ilmiy-nazariy bilimlarini bevosita amaliyotga tadbiq etish, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, talabalar bilimini baholash borasida xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, universitetda ta’lim sifatini ta’minlash borasidagi faoliyat turlari bilan amaliy tanishish va ilmiy-pedagogik ish faoliyat olib borishning mazmuni, me’yoriy-huquqiy asoslari va tartibini o‘rganib bormoqda
Abdumajitov Vali Baxtiyorivich
“Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi assistenti.
•+99891.547-85-97
•abdumajitovvali@ssuv.uz
•GoogleSchoolar
•ResearchGate
•Scopus
•Orcid
Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
•Mahsuldor sigirlarda gipokobaltozning sabablari, diagnostikasi va oldini olish usullari
Shaxsiy ma’lumotlari
Abdumajitov Vali 2013 yil Samarqand qishloq xo‘jalik institutni bakalaviriyat yo‘nalishini tamomlagan. 2015 yilda “Hayvonlarga tashxis qo‘yish va davolash” yo‘nalishini tamomlagan. Hozirda 16.00.01 – Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 40 ga yaqin ilmiy maqolalar va 3 ta uslubiy qo‘llanma chop ettirgan.
V.Abdumajitov Respublikamizda olib boriliyotgan islohatlar bilan birgalikda talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilib qolmasdangina, ularni kasbga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakillantirishda faol ishtirok etib kelmoqda
Botirova Shohista Abdiqaharovna
Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi assistenti.
•+998944717872
•botirova_m@ssuv.uz
•GoogleSchoolar
•ResearchGate
•Scopus
•Orcid
Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
•Ichki yuqumsiz kasalliklarga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish
Shaxsiy ma’lumotlar
Botirova Shohista Abdiqaharovna 2014-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 2016 йил Ҳайвонларга ташхис қўйиш ва даволаш мутахассислиги бўйича магистратурани
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 18 ga yaqin ilmiy maqolalar, 1 ta uslubiy ko‘rsatma chop ettirgan.
Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning o‘quv - uslubiy va ilmiy faoliyatini rivojlantirish, talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilishda faol ishtirok etib kelmoqda.
Ravshanova Farida Sunnatullevna
Ichki Yuqumsiz kasalliklar kafedrasi assistenti,
•+998936652299
•farida_r@ssuv.uz
•GoogleSchoolar
•ResearchGate
•Scopus
•Orcid
Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
•Buzoqlar brоnxopnevmаniyasining ertachi tashxisi,davolash va oldini olish chora- tadbirlari
Shaxsiy ma’lumotlar
2021-2024 –Samarqand Davlat veterinariya Meditsinasi, chorvachilik va biotexnalogiyalar Universiteti Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi assistenti.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 22 ga yaqin ilmiy maqolalar, 1 ta o‘quv qo‘llanma chop ettirgan.
Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy saloha to‘garaklarini samaradorligini oshirish, Respublika va xalqaro loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshrishda ishtirok etib kelmoqda.
Kafedra: kecha va bugun
Kafedra 1932 yilda “Ichki yuqumsiz kasalliklar va klinik diagnostika” kafedrasi nomi bilan tashkil topgan bo‘lib, kafedraga dastlab dotsent S.G.Yudin rahbarlik qilgan. Keyinchalik kafedraga professorlar N.T.Vasilev, R.M.Voskonyan, A.A.Pokudin, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, veterinariya fanlari doktori, professor X.Z.Ibragimov (1963-1987), dotsent M.S.Xabiyev (1987-1990), dotsent P.B.Boboyev (1990-1992), professor Q.N.Norboyev (1992-2004), professor R.B.Davlatov (2004-2011), dotsent B.Bakirov (2011-2014), dotsent B.M.Eshburiyev (2015-2019), professor B.Bakirov (2019-2020) mudirlik qilishgan. 2020 yildan boshlab veterinariya fanlari nomzodi, dotsent N.B.Ro‘ziqulov kafedraga mudirlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada jami 18 nafar professor-o‘qituvchilar bo‘lib, shundan, asosiy shtatda 2 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar PhD, dotsent, 2 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi, 1 nafar PhD, katta o‘qituvchi, 2 nafar PhD, assistent va 5 nafar ilmiy darajasiz assistentlar hamda tashqi o‘rindoshlik asosida (soatbay) 1 nafar fan doktori, dotsent, 1 nafar fan nomzodi, professor va 1 nafar fan nomzodi, dotsent ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishmoqda.
Bulardan tashqari, kafedrada 2 nafar tayanch doktorant, 1 nafar vrach-ordinator, 1 nafar laboratoriya mudiri va 2 nafar laborant mavjud. Kafedraning ilmiy salohiyati asosiy shtatga nisbatan 66,7 foizni, umumiy shtatga nisbatan esa 72,2 foizni tashkil qiladi.
Kafedrada ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar maxsus jixozlangan auditoriyalarda, kasal hamda sog‘lom hayvonlar, uslubiy-didaktik materiallar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib yangi pedagogik va interfaol ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda, laboratoriya mashg‘ulotlari esa an’anaviy o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari bilan bir qatorda yangidan keltirilgan zamonaviy “Gematologiya” laboratoriyasida o‘tkazilmoqda.
Mustaqillik yillarida kafedrada 9 ta nomzodlik (A.J.Raxmonov, 1992; B.M.Eshburiyev, 1993; A.O.Raxmonov, 1994; Sh.S.Mamatov, 1995; A.O‘rozov, 1998; D.Yadixanov, 2001; Z.Xodjaniyazova, 2002; N.B.Ro‘ziqulov, 2010; S.B.Eshburiyev, 2012), 4 ta PhD (U.A.Raxmonov, 2020; M.Sulaymanov, O.Boboyev, B.Xayitov, 2022) va 4 ta doktorlik (Q.N.Norboyev,1992; B.Bakirov, 2016; B.M.Eshburiyev, 2016; S.B.Eshburiyev, 2017) dissertatsiyalari himoya qilingan.
Keyingi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 ta darslik, 12 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta monografiya, 30 ta uslubiy qo‘llanmalar, 32 ta tavsiyanoma, 700 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, 2 ta patent va 12 ta mualliflik guvohnomalari olingan. 9 ta fan bo‘yicha chet el adabiyotlaridan foydalanilgan holda yangi tartibdagi o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan.
Kafedra olimlari tomonida “Mikrovit”, “Ultaketost”, “LPP-1, LPP-2 (premiks)”, “Gepastimulin”, “Fexoselen”, “Ovariotropin”, “Elektrolitli-degidratatsion eritma”, “Vitamiks (premiks), “Krisid”, “Dezokar”, “Qalqonsimon bez ekstrakti” kabi preparatlar yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy etilgan.
Kafedra jamoasi tomonidan Tennezze davlat universiteti, Minnesota universiteti (AQSh), Porto universiteti (Portugaliya), Piza va Padova universitetlari (Italiya) Nitra qishloq xo‘jalik universiteti (Slovakiya), Tartu amaliy bilimlar universiteti (Estoniya), Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti (Latviya), Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (Qozog‘iston), Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti, Bashkeriya davlat agrar universiteti (Rossiya), Tarm universiteti (Xitoy), Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti (Belarus), Turkmaniston qishloq xo‘jalik instituti (Turkmaniston), O‘sh davlat universiteti, Qirg‘iz milliy agrar universiteti, Qirg‘iz-Turk “Manas” universiteti (Qirg‘iziston) bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari “UZHEALTH”, “SPHERA”, “BUZNET”, “Hamkor mamlakatlar oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari va talabalari uchun safabarlik loyihasi” kabi xalqaro ta’lim loyihalarida faol ishtirok etishgan.
Hozirgi kunda kafedraning etakchi professor-o‘qituvchilari AQShning Minnesota universiteti bilan hamkorlikda 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan “Twinning program” xalqaro loyihasida qatnashishmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilaridan N.B.Ro‘ziqulov, Q.Norboyev, B.Bakirov, M.Safarov, U.Raxmonov, S.Asqarovlar bir qator nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishgan, vebinar-uchrashuvlar o‘tkazgan va oflayn va onlayn ma’ruzalar o‘qishgan.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavr
• Ichki yuqumsiz kasalliklar
• Yosh hayvonlar kasalliklari
• Klinik diagnostika
• Klinik diagnostika va rentgenologiya
• Veterinariya radiobiologiyasi va rentgenologiyasi
• Biofizika va radiobiologiya
Magistratura
• Veterinariya endokrinologiyasi
• Mahsuldor hayvonlarning klinik-laborator diagnostikasi
• Kavshovchi hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va terapiyasi
• Yosh hayvonlar va parrandalar terapiyasi
• Mayda hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va terapiyasi