Kafedra mudiri
Djambilov Bekzod Xamitovich
Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
Telefon: +99893 352-27-57
Elektron pochta: Djambilovbekzod@bk.ru
Biografiya
Djambilоv Bekzod Xamitоvich 1983-yil 21-iyundа Sаmаrqаnd viloyati Qo‘shrabot tumani Navkat qishlog‘ida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. U 1990-yildan 2000-yilgаchа hozirgi Sаmаrqаnd viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 59-umumiy o‘rtа tа’lim mаktаbidа o‘qigаn. Djambilоv Bekzod Xamitоvich 2007 yildа Sаmаrqаnd qishlоq хo‘jаlik instituti “Vеtеrinаriya, zооtехniya vа qоrаko‘lchilik” fаkultеtining “Zооtехniya” yo‘nаlishigа shartnoma аsоsidа tаlаbаlаr sаfigа qаbul qilingаn. Mаzkur yo‘nаlishni 2011-yildа а’lо bаhоlаr bilаn tugаtib, bаkаlаvr dаrаjаsini оlgаn. 2012-yildа mаzkur institutning “Qishlоq хo‘jаlik hаyvоnlаrini urchitish, ko‘pаytirish vа ulаrning sеlеksiyasi” mutахаssisligi bo‘yichа mаgistrаturа bo‘limigа o‘qishgа qаbul qilingаn. 2014 yil mаgistrаturаni а’lо bаhоlаr bilаn muvаffаqiyatli yakunlаgаn. 2014-yil O‘zbekiston Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti oziqlantirish va maxsulot ishlab chiqarish bo‘limi kichik ilmiy xodimi 2014-2015 yillarda Sаmаrqаnd qishlоq хo‘jаlik instituti “Hayvonlar genetikasi va urchitish” kafedrasi assistenti 2015-2018 yillarda Zооtехniya, аsаlаrichilik vа bаliqchilik kаfеdrаsi assistenti 2018-yilda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti qoramolchilik, yilqichilik va qorako‘lchilik kafedrasi assistenti, 2020-yildan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi va zoogigiyena” kafedrasida kafedra mudiri lavоzimidа fаоliyat ko‘rsаtib kеlmоqdа.
Hozirgi kunda q.x.f.f.d.,(PhD) v.v.b., dotsenti Djambilоv B.X. 2 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta tavsiyanoma, 1 monografiya va 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan. Bugunda ilmiy ishlari orenburk zotli echkilarni biologik va mahsuldorlik xususiyatlari asosida seleksiyalashning ilmiy asoslari masalalariga qaratilgan.
Oilalik, 3 nafar farzandning otasi.
Kafedra: kecha va bugun
Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi va zoogigiyena kafedrasi
Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi va zoogigiyena kafedrasi 2021-yilning 31-avgustida tashkil topgan. Hozirgi kunda kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchilar faolivat ko‘rsatib kelmoqda. Shulardan 1 nafar fan doktori (DSc), professor, 3 nafar fan nomzodi. 2 nafar qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar kata o‘qituvchi va 7 nafari assistent lavozimida faoliyat yuritadi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida 6 ta, magistratura mutaxassislariga 1 fan bo‘yicha ma’ruza va amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari, magistr va doktorantlari xorijiy universitetlar o‘rtasida o‘tkazilgan seminar-treninglarda ishtirok etib kelgan.
Kafedramiz Samarqand viloyatidagi bir qancha chorvachilik fermer xo‘jaliklari bilan shartnomalar asosida ishlab kelmoqda.
Kafedra o‘qituvchilar ro‘yxati
№ |
F.I.Sh. |
O‘qitadigan fan |
Shtat birligi |
1. |
Hayvonlarni oziqlantirish; Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi |
1,0 |
|
2. |
Izbasarov Ungar Kaxarovich |
Зоогигиена и ветеринарная санитария |
0,25 |
3. |
Kuziyev Ismatilla Kaxorovich |
Hayvonlarni oziqlantirish va ozuqa ishlab chiqarish asoslari; Chorvachilikda ozuqa bazasini yaratish; Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi. |
1,0 |
4. |
Tugalov Barat Axtamovich |
Zoogigiyena va chorvachilik binolarida loyihalash; Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi; |
0,75 |
5. |
Turdiev Abzoyit Kaxarovich |
Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi |
0,75 |
6. |
Nuriddinov Boboxon Yallaboevich |
Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi; |
0,5 |
7. |
Xuseinova Maysara Abduvafoevna |
Кормление сельскохозяйственных животных; Hayvonlarni oziqlantirish |
1,0 |
8. |
Fayzullaev Odilbek Bahodirovich |
Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi |
1,0 |
9. |
To‘xtaev Ozod Bariddinovich |
Hayvonlarni oziqlantirish; Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi; Hayvonlarni oziqlantirish va ozuqa ishlab chiqarish asoslari. |
1,0 |
10. |
Boymatov Otabek Saboxiddin o‘g‘li |
Hayvonlarni oziqlantirish; Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi |
0,5 |
11. |
Islamov G‘ulom Payzullaevich |
Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi |
1,0 |
12. |
Kulmanov Bekzod Pirnazarovich |
Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi; Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi |
1,0 |
13. |
Uluqov Behzod Karamat o‘g‘li |
Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi; Zoogigiyena va chorvachilik binolarida loyihalash |
1,0 |
14. |
Rasulov Sharofiddin Shovqin o‘g‘li |
Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi; Zoogigiyena va chorvachilik binolarida loyihalash |
1,0 |
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavr
1.Hayvonlarni oziqlantirish
2.Hayvonlarni oziqlantirish va ozuqa ishlab chiqarish asoslari
3.Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi
4.Chorvachilikda ozuqa bazasini yaratish
5.Zoogigiyena va chorvachilik binolarida loyihalash
6.Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi
Magistratura
1.Hayvonlarni oziqlantirishning ilmiy asoslari