HAYVONLAR GENETIKASI SELEKSIYASI URCHITISH VA KO'PAYTIRISH KAFEDRASI

HAYVONLAR GENETIKASI SELEKSIYASI URCHITISH VA KO'PAYTIRISH KAFEDRASI

 Kafedra mudiri

XO‘JAMOV JO‘RABEK NAIMOVICH

Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)


Telefon: +99897 398 67 84


Elektron pochta: xujamovj@mail.ru
                                                                       Biografiya
Mehnat staji 22 yil. Mazkur vazifada 2020 yildan buyon ishlamoqda.
Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD).
U 2011 yilda “Turli zot va zotdorlikdagi sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish yo‘llari” mavzusidagi falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
J.N.Xujamov bugungi kungacha 50  dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir. Jumladan, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy, 1 ta monografiya,1 ta patent, 2 ta metodik tavsiyalar chop ettirgan hamda bir qator respublika, xalqaro va xorijiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
J.N.Xujamov Samarqand  Davlat Veterinariya Meditsinasi, Chorvachilik va Biotexnologiyalar Universiteti   huzuridagi  pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida malaka oshirib kelgan. 2010 yildan buyon respublika loyihalarda ijrochi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Universitetning xalqaro miqyosda obro‘sini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, talabalar, professor-o‘qituvchilarning hamda klasterlarni davlatlararo o‘zaro tajriba almashish ishlariga katta hissa qo‘shmoqda. 
J.N.Xujamovning ilmiy rahbarligida bugungi kunda 1 nafar tayanch doktorantlarga, 5 ta Magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. 
Oilali, 3 nafar farzandi bor.
 HAYVORLAR GENETIKASI, SELEKSIYASI, URCHITISH VA KO‘PAYTIRISH KAFEDRASI
Kafedra institutning eng keksa kafedralaridan biri bo‘lib, 1929-yilda tashkil topgan. Shu yillar davomida kafedrada ko‘zga kuringan professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishgan. Kafedra o‘zining rivojlanish bosqichlarida, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Jalilov  Sodiq Zokirovich kafedra mudiri bo‘lgan yillari (1953-1980 y.y ) mobaynida,  ilmiy maktabga asos solinib uning ilmiy rahbarligida 5 nafar aspirant fan nomzodi  ilmiy darajasini olish uchun  dissertatsiya himoya qilgan. Ushbu ilmiy maktabda,  qoramol zotlarini chatishtirish natijasida olingan duragay avlodlarni sut va go‘sht mahsuldorligini oshirish borasida tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ushbu maktabning to‘laqonli izdoshi Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Z.T.Turaqulov, qishloq xo‘jalik fanlari doktori,  professor A.K.Kaxarov, hayvonlar seleksiyasi bo‘yicha qishloq xo‘jalik fanlari doktori,  professor P.Sobirovlar hisoblanadi. 
Hozirgi kunda bir qator yosh olimlarning (Ibragimov Yu.Yu., Mamatqulov O.M., Karimov Sh.A., Xushvaqtov A.A., Narboeva M.K., Toshpulatov B.J., Xujamov J.N., Qurbonova Sh.E., Asriev U.A., Naurыzov T.Q., Mamatov X.A) ilmiy tadqiqot ishlariga bevosita kafedra professorlari ilmiy rahbarlikni amalga oshirgan. Bundan tashqari hozirgi kunda 1 nafar doktorlik (DSc) va 5 nafar falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini olishiga kafedraning hissasi beqiyosdir.
Hozirgi kunda kafedra Respublikamizning turli ekalogik va tabiiy iqlim sharoitida urchitilayotgan qoramollarning go‘sht va sut mahsuldorligi bo‘yicha genetik potensialini to‘liq yuzaga chiqarish borasida, zamonaviy seleksion usullardan samarali foydalangan holda tadqiqotlar olib bormoqda. Qoramollarni sut va go‘sht mahsulotini ishlab chiqarish va uni qayta  ishlash jarayonida, zamon talabiga mos keladigan yangi, innovatsion texnalogiyalarni joriy qilmoqda. 
Kafedra o’qituvchilari ro‘yxati.

I.F.Sh

O‘qitadigan fan

Shtat birligi

Xujamov Jurabek Nayimovich.

Mutaxassislikka kirish, Genetika va biotexnologiya

1,0

Shaptakov Erkin Suyunovich.

Qishloq xoʻjalik hayvonlarini  urchitish, Chorvachilikda naslchilik ishi

0,5

Nazarova Mohira Azamatovna

Chorvachilikda naslchilik ishi, Genetika va biotexnologiya

1,0

Suyunova Zulfiya Baxtiyorovna.

Qishloq xoʻjalik hayvonlarini  urchitish, Shorvachilikda konsalting va servis xizmat ko'rsatish

1,0

Sattorov Farxod Raxmatillayevich.

 Shorvachilikda konsalting va servis xizmat ko'rsatish, Genetika va biotexnologiya

1,0

Xujanova Latofat Abdusalomovna.

Chorvachilik mollarini koʻpaytirish biotexnologiyasi, Genetika va biotexnologiya

0,75

Rahimov Utkir Tursunmurodovich

 Veterinariya genetikasi

0,75

Nortasheva Mavjuda Abdusoatovna.

 Chorva mollarini koʻpaytirish biotexnologiyasi

0,75

Berdiqulov Furqat Shavkatovich

Genetika va biotexnologiya

0,25

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat:
Genetika va biotexnologiya;
Mutaxassislikka kirish, Shorvachilikda konsalting va servis xizmat ko'rsatish;
Qishloq xoʻjalik hayvonlarini  urchitish, Chorvachilik mollarini koʻpaytirish biotexnologiyasi;
Chorvachilikda naslchilik ishi.
   
Magistratura:
Chorvachilikda klassik va zamonaviy seleksiya;
Qishloq xoʻjalik hayvonlari genetikasining nazariy asoslari;
Qishloq xoʻjalik hayvonlar biologiyasi va koʻpaytirish;
Chorvachilikda sitogenetika va genetik tahlil;
Qishloq xoʻjalik hayvonlarida biometriya.

 

 

LTR RTL