HAYVONLAR ANATOMIYASI, GISTOLOGIYASI VA PATOLOGIK ANATOMIYA KAFEDRASI

HAYVONLAR ANATOMIYASI, GISTOLOGIYASI VA PATOLOGIK ANATOMIYA KAFEDRASI

 Kafedra mudiri


Dilmurodov Nasriddin Babakulovich

Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)


Telefon: +99891 5389683


Elektron pochta: dilnab@mail.ru 


                                                                         Biografiya
Mehnat staji 33 yil. Mazkur vazifada 2016 yildan buyon ishlamoqda.
Veterinariya fanlari doktori, professor.
U 2011 yilda “O‘zbekistonning turli ekologik sharoitlaridagi qo‘ylar avtopodiy suyaklari postnatal ontogenezi” mavzusidagi doktorlik (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 
N.Dilmurodov bugungi kungacha 200  dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir. Jumladan, 2 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta uslubiy, 3 ta monografiya, 8 ta metodik tavsiyalar chop ettirgan hamda bir qator milliy va xorijiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. 
N.Dilmurodov Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Kipr, Slovakiya, AQSH, Nepal va Rossiya Federatsiyasi davlatlarining nufuzli universitetlarida malaka oshirib kelgan. 2014 yildan buyon YEvropa Ittifoqi Tempus dasturining UZHELTH,  Erasmus + dasturining BUZNET, SPHERA xalqaro loyihalarda ishchi guruh rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Universitetning xalqaro miqyosda obro‘sini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, talabalar, professor-o‘qituvchilarning davlatlararo o‘zaro tajriba almashish ishlariga katta hissa qo‘shmoqda. 
N.Dilmurodov tomonidan xalqaro loyihalar hisobidan qiymati 350 mln so‘m bo‘lgan zamonaviy diagnostik jihozlar hamda 100 mln so‘mlik komp’yuter sinfi olib kelinib, o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarida samarali qo‘llanilmoqda. Xorijiy universitetlar tajribalari asosida yangi magistratura mutaxassisligining huquqiy-me’yoriy hujjatlarini tayyorlab, “Favqulodda vaziyatlarda veterinariya nazorati va jamoat salomatligini saqlash” magistratura mutaxassisligini ochishda bevosita ishtirok etgan.   
N.Dilmurodovning ilmiy rahbarligida 1 ta fan doktorligi (DSc), 3 ta falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyalari, 5 ta Magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan. Bugungi kunda 2 nafar tayanch doktorantlarga, 8 nafar mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.  
N.Dilmurodov 2012 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash a’zosi sifatida dissertatsiyalar muhokamasida faol ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, 5 ta doktorlik (DSc) dissertatsiyalariga rasmiy opponentlik qilgan.
N.Dilmurodov 2016 yilda “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” umumrespublika tanlovining “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagogi” nominatsiyasi bo‘yicha Respublika bosqichi g‘olibi Faxriy diplomiga sazovor bo‘lgan. 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasining tanlovi stipendiati bo‘lib, Rossiya Federatsiyasining Bryansk davlat agrar universitetida bir oy muddatga malaka oshirib kelgan. 
Oilali, 3 nafar farzandi bor.

              HAYVONLAR ANATOMIYASI, GISTOLOGIYASI VA PATOLOGIK ANATOMIYA KAFEDRASI
Kafedra 1929 yil Samarqand qishloq xo‘jalik instituti tarkibida “Hayvonlar anatomiyasi” kafedrasi sifatida tashkil topgan. Kafedra o‘zining rivojlanish bosqichlarida, ya’ni 1989-2004 yillar “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patanatomiya”, 2004-2017 yillar “Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya”, 2017-1018 yillar “Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasi” kafedrasi nomi bilan, 2018 yildan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tarkibida “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi va 2022 yildan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tarkibida “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Kafedraga u tashkil etilganidan bo‘yon professor P.P.Vinogradov, professor D.X.Narziyev, professor Sh.I.Ibragimov, dotsent M.X.Allamurodov, dotsent H.B.Niyozov, dotsent B.D.Narziyev, dotsent R.M.Tashtemirovlar rahbarlik qilishgan. “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasida professorlar D.X.Narziyev, Sh.I.Ibragimov, T.F.Absalyamov, A.S.Daminov, dotsentlar: N.A.Vladimirova, R.R.Ruzmetov, M.X.Allamurodov, N.Sh.Shodiyev, A.E.Elmurodov, J.A.Tovmasyan, P.Z.Reshidov, R.T.Do‘stova, F.I.Deynego, B.J.Jaynarov, katta o‘qituvchilar: E.M.Saliyev, M.I.Isayevlar, assistentlar: A.X.Aliyev, S.Q.Qarshiyev, A.F.Fozilov, Sh.X.Urinovlar faoliyat ko‘rsatishgan.
Bugungi kunda kafedra tarkibida kafedra mudiri, veterinariya fanlari doktori, professor N.B.Dilmurodov, dotsentlar B.Kuliyev, M.G.Karimov, D.N.Fedotov, katta o‘qituvchi PhD G‘.X.Eshmatov, vet.f.n. assistentlar: Z.F.Normurodova, E.I.Bobonazarov, assistent PhD B.Z.Muxtorov, assistentlar S.M.Axmedov, O‘.A.Raxmonov, S.X.Yaxshiyeva, N.E.Xudoynazarova, Z.R.Mirzoyev, Sh.Z.Doniyorov, E.A.Muxtorov, O.N.Choriyev, laboratoriya mudiri M.Abdumalikova, vet.vrach-prozektor Z.Kamolov, laborantlar M.Musinova, K.Daminovalar faoliyat ko‘rsatishmoqda. 
 

Kafedra o’qituvchilari ro‘yxati

I.F.Sh

O‘qitadigan fan

Shtat birligi

Dilmurodov Nasriddin Babakulovich

Hayvonlar anatomiyasi

1,0

Kuliyev Boxodir

Patologik anatomiya, gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasi

1,0

Кarimov Mamaradjab Gulyamovich

Sitologiya, gistologiya va embriologiya

1,0

Федотов Дмитрий Николаевич

Цитология, гистология ва эмбриология

0,25

Eshmаtov G‘аyrаt Xurrаm o‘g‘li

Hаyvonlаr аnаtomiyasi

0,5

Bobonаzаrov Eshmаxаmаd Ishkuvаtovich

Patologik anatomiya, gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasi, Hаyvonlаr morfologiyasi

1,0

Normurodovа Zuhrа Fаyzullаyevnа

Hаyvonlаr аnаtomiyasi, lotin tili vа vetyerinаriya аtаmаlаri

1,0

Muxtorov Bаxtiyor  Zokirovich

Patologik anatomiya, gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasi, Hаyvonlаr morfologiyasi

1,0

Axmedov Sunnat Muxiddinovich

Patologik anatomiya, gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasi

1,0

Xudoynazarova Nilufar Eshmamatovna

Hayvonlar anatomiyasi, lotin tili va veterinariya atamalari

1,0

Raxmonov Utkir Ashirovich

Sitologiya, gistologiya va embriologiya, hayvonlar morfologiyasi

1,0

Choriyev Otabek Norboyevich

Hayvonlar anatomiyasi, lotin tili va veterinariya atamalari

1,0

Doniyorov Shoxrux Zafarovich

Hayvonlar anatomiyasi, lotin tili va veterinariya atamalari

1,0

Yaxshiyeva Sarvinoz Xolmuminovna

Patologik anatomiya, gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasi

1,0

Muxtorov Elmurod Abidig‘ulomovich

Hayvonlar anatomiyasi, lotin tili va veterinariya atamalari

1,0

Mirzoyev Zoyir Rajabovich

Sitologiya, gistologiya va embriologiya, hayvonlar morfologiyasi, lotin tili va veterinariya atamalari

1,0

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat:

Hayvonlar anatomiyasi;
Sitologiya, gistologiya va embriologiya;
Patologik anatomiya, gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasi;
Hayvonlar morfologiyasi;
Lotin tili va veterinariya atamalari.
   
Magistratura:
Patomorfologik o‘zgarishlarning elektron mikroskopiyasi;
Hayvonlarning evolyutsion morfologiyasi;
Veterinariya onkologiyasi;
Funksional sitomorfologiya asoslari;
Patomorfologik tekshirish usullari.

 

 

 

LTR RTL