FAKULTET O'QUV-USLUBIY ISHLARI. VETERINARIYA PROFLAKTIKASI VA DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET O'QUV-USLUBIY ISHLARI. VETERINARIYA PROFLAKTIKASI VA DAVOLASH FAKULTETI

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy talablaridan biri o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish hisoblanadi. 
Fakultetimiz ta’lim yo‘nalishi va mutaxasisliklari bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi bo‘lganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 11-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2016 yil 5-fevraldagi 07/1-73-sonli topshirig‘i ijrosi to‘g‘risida”gi 66-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Chora tadbirlar dasturi”dagi 14-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida, fakultetimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan xorijiy tajribalar asosida hamda iste’molchilarning talab va takliflarini e’tiborga olgan holda “Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)”, yo‘nalish sohasi oid Davlat ta’lim standarti ishlab chiqildi. Ushbu DTS asosida ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yangi takomillashtirilgan Malaka talablari va namunaviy o‘quv rejalari ishlab chiqildi:
Ishlab chiqilgan “Veterinariya” sohasining Davlat ta’lim standarti avvalo Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DTM vakillari tomonidan ekspertizadan o‘tkazildi. So‘ngra 1-kurs talabalari institut rektorining 30.06.2022 yildagi, 
2-kurs talabalari institut rektorining 27.08.2021 yildagi, 3-bosqich talabalari O‘zR OO‘MTVning 2020 yil 14 avgustdagi № 418-sonli hamda 4- kurs 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlanib, ishlab chiqilgan MT va namunaviy o‘quv rejaliri bakalaviriyat ta’lim yo‘nalishlari uchun ishlab chiqilib o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.
Ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mulohaza yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash  hamda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish talab qilinmoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash, ularni chop etish, ta’lim yo‘nalishlarida o‘tiladigan fanlar bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Fakultet qoshida quyidagi ilmiy laboratoriyalar faoliyat olib bormoqda:
1.Patomorfologiya laboratoriyasi 
2.Gemotologiya laboratoriyasi 
3.Farmakologiya va toksikologiya laboratoriyasi.
4.Kafedralararo “Opta-tech” laboratoriyasi 
5.Vivariya, akvarium xonasi 
Fakultetda mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilib chiqildi va uning tahlili bo‘yicha o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha ta’minlanish darajasi 90 foizdan 100 foizgachani tashkil qiladi.

LTR RTL