Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Rektor yoshlar uchrashuvi

Yangiliklar

Rektor yoshlar uchrashuvi

Rektor yoshlar uchrashuvi

SamDVMCHBU rektori akademik litsey o‘quvchi-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbus — har payshanba kunini “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazish an’anasi davom ettirilib, universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov akademik litseydagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, yoshlarning vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, tizim uchun munosib kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Tashrif doirasida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashib, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar faolligini yanada oshirishga doir fikr va takliflarini bildirdi.

Bugungi murakkab davrda yoshlar ta’lim-tarbiyasi eng muhim vazifa ekanligini ta’kidlab, o‘quvchilarni zamonaviy bilimlarni puxta egallashga, tanlagan kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishga, mamlakatimiz hayotiga daxldorlik hissi bilan yashashga chaqirdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan berilgan takliflar tinglanib, berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita