Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, akademik X.Yunusov mas’ullar hamrohligida 1-son Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar holidan xabar oldi va ularning fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.

Uchrashuv davomida o‘quv jarayonlari, ma'naviy-tarbiyaviy yo'nalishlardagi masalalar, shuningdek, Talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar kabi qator masalalar yuzasidan muloqot qildi. Iqtidorli va tashabbuskor talabalar tomonidan bir qancha takliflar berildi

Rektor har bir talabaning fikri rahbar uchun muhim ekanligini, talabalar bu borada faol bo‘lishi, taklif va murojaatlari bo‘lsa aytish lozimligini ta'kidladi.

Shuningdek, talabalarning dars mashg'ulotlarida faol ishtirok etishi, ichki tartib qoida va Odob-axloqi kodeksiga qat'iy amal qilish lozimligi ta’kidlandi.