FAKULTET TARIXI (KECHA VA BUGUN) ZOOINJENERIYA FAKULTETI

FAKULTET TARIXI (KECHA VA BUGUN) ZOOINJENERIYA FAKULTETI

Fakultet dastlab 1929-yil iyulida O’zbekiston davlat zooinjineriya instuti tarkibida “Qoromolchilik va korako’lchilik” nomi bilan, 1931 yilda Zootexniya fakulteti nomi bilan tashkil qilingan. Dastlab 1935 yilda 18 nafar (13 nafar o’zbek, tojik va qozoq millatiga mansub yoshlar va 5 nafarini xotin qiz) yoshlar bitirib diplom olishgan. Fakultet tarkibiga 1966 yili parrandachilik bo’limi hamda fakultet bazasida qorako’lchilik fakulteti tashkil etildi.
Zooinjeneriya fakulteti o’zining  93 yil yillik faoliyati davomida 25 ta fan doktori, 14 ta professor, 80 nafarga yaqin fan nomzodlari, 60 ta dosent va katta o’qituvchilar tayyorlandi. Fakultet kafedralarida aspirantura va doktarantura bo’lib, unda  60 ga yaqin doktarantlar taxsil olishgan va olishmoqda. Shuningdek fakultet bitiruvchilaridan 2 ta akademik (G.A.Aliyev va Sh.A.Akmalxanov), 3 ta akademiyaning muxbir a’zolari (U.N.Nosirov, K.K.Karibayev va R.G.Valiyev) yetishib chiqqan. 
Fakultet olimlari tomonidan bugungi kunga qadar 20 ga yaqin monografiya, 50 dan ortiq darslik, 70 ga yaqin o’quv qo’llanma, 960 dan ortiq tavsiyalar, 30 dan ortiq risolalar, 6000 dan ziyot ilmiy maqolalar chop qilingan, 18 ta mualliflik guvoxnomalari olingan. Talabalar tomonidan 4000 ga yaqin diplom ishlari ximoya qilingan. 7 mingdan ortiq talaba zootexnik mutaxassisligini olgan. Shulardan 600 ga yaqin bitiruvchilar imtiyozli diplom olishgan.
2018-yil 8-maydagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand veterinariya medisinasi institutini tashkil etish to’g’risida” gi PQ-3703 sonli Qaroriga asosan Samarqand qishloq xo’jalik instituti negizida Samarqand veterinariya medisinasi instituti tashkil etildi va Uning tarkibida Zootexniya va qorako’lchilik fakulteti o’nida Zooinjeneriya fakulteti  sifatida qayta tashkil etildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-187-son qarori asisida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti negizida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universiteti tashkil etilib universitet tarkibidagi Zooinjeneriya fakulteti maqomi ham oshirildi.
Zooinjeneriya fakultetida hozirgi kunda o’zining o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy sohalarda hamda qishloq xo’jaligiga amaliy yordam ko’rsatish borasidagi ishlarini yanada takomillashtirishda jonbozlik ko’rsatishmoqda. Respublika mustaqilligini yanada mustaxkamlash, yoshlarni milliy g’oya va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan charchamaydi. Fakultet bundan keyingi faoliyatini ham 2022-2026 yillarga mo’ljallangan “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning ustuvor yo’nalishlari asosida og’ishmay  amalga oshiradi.
Zooinjeneriya fakultetida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
60811500-Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)
60811500-Zooinjeneriya (qorako‘lchilik)
60811500-Zooinjeneriya (yilqichilik va tuyachilik)
60811700-Ipakchilik va tutchilik
5410600- Zooinjeneriya (baliqchilik)
5410600- Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)

LTR RTL