FAKULTET O'QUV-USLUBIY ISHLARI. ZOOINJINERIYA FAKULTETI
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o’quv ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlashga kata urg‘u berilganligini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida ta’lim oluvchilarga zamonaviy ruh yo‘g‘rilgan o‘quv – uslubiy majmualar, dedaktik vositalar va yanpi pedagogik texnologiyalar o‘quv jarayoniga joriy etish hisoblanadi.
Fakultet ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi bo‘lganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mavsus ta’lim vazirligining 2016 yil 16 fevraldagi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2016 yil 5-fevraldagi 07/1-73-sonli topshirig‘i ijrosi to‘g‘risida”gi 66 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Chora tadbirlar dasturi”dagi 14 –bandining ijrosini ta’minlash maqsadida fakultet professor - o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunda chorvachilik sohasining qaysi tarmoqlarida kadrlar taqchilligi va tarmoqda zamonaviy bilimlar bilan qurollangan mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida Zooinjeneriya (qorako‘lchilik), Zooinjeneriya (yilqichilik va tuyachilik), Ipakchilik va tutchilik, Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha) va Zooinjeneriya (baliqchilik) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha takomillashtirilgan Malaka talablari va namunaviy o‘quv rejalari ishlab chiqilgan.
Ushbu ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori intelektual salohiyatga ega, ilm – fan yutuqlari o‘zida aks etgan va erkin molohaza qila oladigan kadrlar tayyorlashda yuqori saviyaga ega o‘quv adabiyotlari tayyorlash dolzarb hisoblanadi. Bunga monan ravishda fakultet professor – o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash va chop ettirish borasida ishlar boshlangan. Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tilayotgan fanlardan adabiyotlar bilan taminlanganlik darajasi 80 foizdan 100 foizgachani tashkil etadi.