Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 2025/2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha talabalarga ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshirildi. Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 25-martdagi 177-son buyrug‘i talablari asosida tashkil etildi. Universitet rektorining 2026-yil 4-iyundagi 159-son buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha ta’lim grantiga talabgorlarning faoliyatini o‘rganish uchun:
Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya;
Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya;
Maxsus komissiya;
Apellyatsiya komissiyasi
tarkiblari tasdiqlanib, ularning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Komissiyalar tomonidan ta’lim grantiga talabgor talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ijtimoiy faolligi hamda belgilangan boshqa mezonlar asosida faoliyati xolis va shaffof tarzda o‘rganildi va baholandi.
O‘rganish va baholash yakunlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha talabalarga ta’lim grantlarini taqdim etish hamda qayta taqsimlash natijalari tasdiqlandi va e’lon qilinmoqda.