Hurmatli abituriyentlar!
2026/2027-o‘quv yili uchun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari e’lon qilindi.
Magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar o‘zlarining qabul natijalarini my.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali tekshirishlari mumkin.
2026/2027-o‘quv yili uchun universitet magistraturasiga:
davlat granti asosida – 69 nafar;
to‘lov-kontrakt asosida – 39 nafar;
imtiyozli grant asosida – 2 nafar
abituriyent o‘qishga tavsiya etilgan.
O‘qishga tavsiya etilgan barcha abituriyentlarni tabriklaymiz!
Sizlarga magistratura bosqichidagi o‘qish, ilmiy-tadqiqot va dissertatsiya ishlaringizda muvaffaqiyat tilaymiz!
Eslatma: O‘qishni rasmiylashtirish, dars mashg‘ulotlarining boshlanishi hamda zarur hujjatlarni taqdim etish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar universitet tomonidan beriladi.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Magistratura bo‘limi