17-noyabr –"Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan tabrik!

Qadrli Universitetimiz talabalari!

 

    Barchangizni bugungi 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

 

    Talabalik umrning beg‘ubor fasli, katta hayot sari qadam qo‘yish ostonasi, ulkan orzu-umidlar davri.

 

     Ishonamanki, Sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz, yetuk salohiyatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz.

 

    Bugun Yangi O‘zbekistonimizda Siz yoshlarga barcha imkoniyatlar eshiklari ochiq. O‘qish, bilim va malakamizni oshirish uchun keng sharoitlar yaratilgan. Bundan unumli foydalanib, o‘z ustingizda ishlashingiz, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishingiz lozim.

 

    Barchangizni talabalar kuni bilan yana bir bor tabriklab, sihat-salomatlik, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilayman.

 

Hurmat bilan,

 

Xudaynazar Yunusov,

SamDVMCHBU rektori, professor

 

LTR RTL