TADBIRLAR

27-iyun - MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI!




 


Hurmatli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarni 27-iyun — “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan universitetimiz jamoasi va shaxsan oʻz nomimdan tabriklayman!

 

Siz oʻz qalamingiz bilan yurtimiz ravnaqi va aholi turmush farovonligining yuksalishi, ijtimioy-iqtisodiy islohotlarni keng targʻib qilishga munosib hissa qoʻshib kelmoqdasiz.

 

Shunday sharafli, masʼuliyatli va fidokorona mehnatingiz, haqiqatni soʻzlashdagi jasoratingiz mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

 

Barchangizni qutlugʻ kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sogʻliq, oilangizga totuvlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyat tilayman.

 

Yurtimiz ravnaqi yoʻlidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar yor boʻlsin!

 

Hurmat bilan,

Xudaynazar YUNUSOV,

SamDVMCHBU rektori, professor.