TADBIRLAR

“Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat intellektual o‘yinini aholi orasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash va talabalar orasida bilim olish, kitobxonlik, zakovatni keng targ‘ib qilish, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini maroqli tashkil etish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda.

Xususan: “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi orasida ma’rifiy harakatga aylantirish, gender tengligini ta’minlash, yurtimizda xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, ayollarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda ularning intellektual qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakultetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G.V.Akbarova tashabbusi bilan Biotexnologiya fakulteti tarkibida kafedralarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlardan iborat professor o‘qituvchilar orasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Intellektual bellashuvni Universitet rektori professor X.B.Yunusov boshlab berib, Fakultet xotin-qizlarini kelayotgan “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan tabrikladi. 
Tadbirga Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Alisher Safarov ham tashrif buyurib, tashkil etilgan ushbu intellektual o‘yinning yanada rivojlanishi va Respublika darajasidagi musobaqalarda Universitet jamoasining ishtirok etishlariga katta ishonch bildirib, barcha jamoalarga omad tiladi.
Intellektual bellashuv topqirlik, tezkorlik va zukkolik bilan ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Boshlovchi tomonidan berilgan bir biridan qiziqarli va juda puxta tayyorlangan savolllar hattoki tomoshabinlarni ham o‘ylashga majbur etdi. Jamoalar o‘rtasidagi do‘stona raqobat juda qizg‘in tus oldi.
Shiddatli kurashlar va his-hayajonga boy o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin- Filologlar

2-o‘rin - Farmatsevtlar

3-o‘rin - Biotexnologlar.

Intellektual bellashuvda “Eng faol jamoa” nominatsiyasiga “Biologlar” jamoasi munosib deb topildi.