Maʼlumki, joriy yilning fevral oyi “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” oyligi, deb eʼlon qilingan.
Universitetda mazkur oylik doirasida “Biz giyohvandlik vositalariga qarshimiz” shiori ostida targʻibot tadbiri oʻtkazilib, unda Respublika IIV tezkor jinoyat qidiruv departamenti boshqarmasi va viloyat narkologiya dispanseri xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan Respublika IIV tezkor jinoyat qidiruv departamenti boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.S.Matlyubov va Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi B. Sayitmuratovlar yoshlar orasida giyohvandlik taʼsiriga tushib qolganlari borligi barchamizni tashvishga solishi, bu balodan asrash uchun barcha birdek amaliy ishlarni olib borishi lozimligini taʼkidlashdi.