"REKTOR VA YOSHLAR" ochiq muloqot bo'lib o'tdi

Joriy yilning 18 - 23 dekabr kunlari mamlakatimizda yoshlar siyosati borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yil rejalari muhokamasiga bag‘ishlangan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari tashkil etish rejalashtirilgan. Yurtimiz aholisining deyarli 60 foizini tashkil etuvchi bu qatlam uchun nihoyasiga yetayotgan yil qanday yakunlanmoqda, qanday muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi, muammolarga yechim topildimi, yangi yil uchun rejalarimiz qanday? Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor Yunusov talaba yoshlar bilan shu mavzuda ochiq muloqot o‘tkazdi.Ayni kunda universitetda 6000 nafarga yaqin talaba yoshlar tahsil olishmoqda.Markaziy Osiyodagi yagona veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar sohasi uchun mutaxassis - kadrlar tayyorlaydigan mazkur OTMda yoshlar uchun zamonaviy shart - sharoitlar yaratilgan bo‘lib, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, vivariy, Talabalar turarjoylari mavjud.

Joriy yilda universitetning 5 nafar talabalari nomdor davlat stipendiyalari sohiblari bo‘lishdi. Universitet 94 ta horijiy OTMlari bilan hamkorlik qiladi. Rektor muloqot davomida talabalar o‘qish davomida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari borasida o‘z hayotiy tajribalari asosida gapirib berdi.

O‘quv jarayoni, ilmiy faoliyat, turarjoy va hokazo masalalarda talabalarga ko‘makchi bo‘lishi lozim bo‘lgan Universitet mas’ullari bilan tanishtirdi. Qanday muammoga duch kelganda kimga murojaat qilishlari mumkinligi aytildi.Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda rektorga savol berishdi. Jumladan, Korrupsiya, XEMIS ta’lim platformasi va kredit - modul tizimi, Talabalarning bo‘sh vaqtini tashkil etish va hokazo mavzularda berilgan savollarga rektor batafsil javob berdi.

Muloqot davomida eng faol talabalar taqdirlandi.

Uchrashuvlar davom etmoqda.

 

Axborot xizmati

LTR RTL