2023-yilning 13-sentabridan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 2023 – 2024-o‘quv yili uchun quyidagi xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim (ikkita diplom) dasturlariga hujjatlar qabul qilish amalga oshirilmoqda.
1. Belarus Respublikasining Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Veterinariya meditsinasi” (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi (rus tili).
O‘qish muddati - 5 yil (3+2), qabul kvotasi - 20 ta o‘rin. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekiston va Belarus universitetlari diplomlari beriladi. Qabul parametrlari bilan tanishish uchun https://ssuv.uz/uz/pages/view?slug=ddqabul internet-sahifasiga kiring.
2. Belarus Respublikasining Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Veterinariya farmatsevtikasi” ta’lim yo‘nalishi (rus tili).
O‘qish muddati 4 yil (2+2), qabul kvotasi 20 o‘rin. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekiston va Belarus universitetlari diplomlari beriladi. Qabul parametrlari bilan tanishish uchun https://ssuv.uz/uz/pages/view?slug=ddqabul internet-sahifasiga kiring.
3. Latviyaning Tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti bilan “Chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi (ingliz)
O‘qish muddati 4 yil (1+3), o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekiston va Latviya universitetlari diplomlari beriladi. Qabul parametrlari bilan tanishish uchun https://ssuv.uz/uz/pages/view?slug=ddqabul internet-sahifasiga kiring.
4. Latviyaning Tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti bilan 2 yillik “Chorvachilik maxsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashni an’anaviy hamda innovatsion texnologiyasi va sertifikatsiyasi” magistratura dasturi (0,5+1,5), O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Latviyaning Tabiiy fanlar va texnologiyalar diplomi beriladi. Qabul parametrlari bilan tanishish uchun https://ssuv.uz/uz/pages/view?slug=ddqabul internet-sahifasiga kiring.
Qabul masalalari bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa SamDVMChBU Qo‘shma ta’lim dasturlar bo‘limi bilan (+99890) 743 47 71 telefon raqami, Telegram (+99890) 743 47 71 orqali bog‘lanishingiz mumkin.
Hujjatlar qabuli. qabul.ssuv.uz sayti orqali online tarzda 25-sentyabr 2023-yilgacha amalga oshiriladi.
Nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati: (elektron skaner variantlarda)
• Fuqarolik pasporti;
• Diplom (ilovasi bilan) yoki attestat.
• 3x4 rasm
Hujjatlar ushbu havola orqali qabul qilinadi
Axborot xizmati
2023-11-06
2023-03-01
2023-03-17
2022-05-17