REKTOR TABRIGI

NAVRO‘Z ELIMIZGA QUT - BARAKA OLIB KELSIN!



Assalomu alaykum, qadrdonlar!
Barchangizga yangilanish va yasharish ay’yomi Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
Uzoq va rutubatli qishdan so‘ng, bu kunlarning qadri boshqacha ekani yurtdoshlaoimizning yuz - ko‘zidan ayon. Biz bahorni, mehnatni, mirishkorlikni, yangilanishni sevuvchi bunyodkor xalqmiz! Tuproqdan rizq undiradigan, cho‘ldan chaman barpo etadigan ijodkor xalqmiz! 
Shu bois, bahorni sevamiz, uni intiqlik bilan kutamiz!
Baxoriy yangilanish bayrami Navruz bilan tabriklayman! Hayotimiz ilmu urfonimiz, mehnatu shijoatimiz bilan nurafshon bo‘lsin! Ilmimiz xalqimiz dasturxonini to‘kin qilsin, sizu biz tayyorlayotgan mutaxassislar mamlakatimiz iqtisodiyotining rivoji uchun mehnat qilishsin! 
Xonadoningizda tinchlik, xotirjamlik va mexr-oqibat xis-tuyg‘ulari hamisha hukmron bo‘lsin, deb duo qilamiz.
Yurtimiz tinch, xalqimizning dasturxoni to‘kin, yurtboshimiz omon bo‘lsin!
Navro‘z elimizga qut - baraka olib kelsin!

 

Hurmat bilan:
Xudaynazar Yunusov
Biologiya fanlari doktori, professor
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador,
SamDVMCHBU rektori