Ata-Kurbanov Alisher Erkinovichning (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertasiya ishini ilmiy seminar muhokamasi bo'lib o'tadi

2024 yil 08-aprel kuni soat 15:00 da Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi veterinariya fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/30.12.2019.V.12.01. raqamli ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy seminarning (Zoom orqali onlayn/an’anaviy) navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi (2-bino, 271 xona)
K U N   T A R T I B I:
1. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Mustaqil tadqiqotchi Ata-Kurbanov Alisher Erkinovichning 16.00.02 – “Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi va 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha “Qorako‘l qo‘ylarining hayotchanligi, mahsuldorligi va reproduktiv funksiyasi diagnostikasining immunobiologik jihatlari” (Иммунобиологические аспекты диагностики жизнеспособности, продуктивности и воспроизводительной функции каракульских овец) mavzusidagi veterinariya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertasiya ishini ilmiy seminar muhokamasi.
2. Har xil masalalar.

 

LTR RTL