O‘zbekiston respublikasi Korrupsiyaga qarshi milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9-dekabr – xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “aksilkorrupsiya oyligi” doirasida korrupsiya taraqqiyot kushandasi mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo'lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo'lishiga olib keladi.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti sirtqi bo'lim talabalari (jami 120 nafar) bilan Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish "KOMPLAENS NAZORAT" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F.Turayev va Talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muxit barqarorligini ta’minlashga ma’sul bo‘lgan rektor maslahatchisi Z.Shodmonov bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etdilar. Korrupsiyaga qarshi kurashishda ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari bugunning muhim vazifalaridan biri ekanligi, chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo'lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo'lgan insonlar salbiy illat bo'lmish korrupsiyaga yo'l qo'ymasliklari haqida korrupsiya jamiyatni turli yo'llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat ekanligi, mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi haqida fikrlar almashildi. F.Turayev o'z so'zida: "Korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib, kelajakni xavf ostida qoldiradigan kuch ekanligini, ayniqsa, ta'lim sohasidagi korrupsion holatlar bugungi kunda yetuk mutaxassislar, jahon andozasi darajasidagi kadrlar tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan mamlakatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Shuningdek, dunyoda rivojlanish va taraqqiyot yo'lini tanlagan har bir davlat eng avvalo korrupsiya, ta'magirlik, poraxo'rlik kabi salbiy illatlarga qarshi murosasiz kurash olib borishi lozimligini ta'kidladi. Talaba-yoshlar o'rtasida Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida o'tkazilgan ushbu davra suhbatida talabalar o'zlarining fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etishdi.
Ushbu targ'ibot tadbirlarida talabalar faol ishtirok etib, ta’lim jarayonida va jamiyat hayotidagi boshqa sohalarda korrupsion holatlarga guvoh bo'lganda yoki ushbu holatlarga bevosita duch kelganda qanday yo'l tutish kerakligi to'g'risida ma’lumotga ega bo'lishdi va mavzu doirasida shaxsiy fikrlarini bildirishdi hamda o'zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar olishdi. Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Axborot xizmati
2023-11-06
2023-03-01
2023-03-17
2022-05-17